“Dahiya doktrinasi”: sinonistlar vahshiyligi oʻzlariga qarshi ishlashni boshladi

Ushbu doktrina muallifi, sionist general Gadi Ayzenkotning fikricha, sionist xavfsizlik kuchlariga qarata oʻq uzgan har qanday aholi punkti yoʻq qilinishi kerak. Bu ommaviy qotillik va genotsidlar dushmanning qarshilik koʻrsatish irodasini falaj qilishi, uzoq davom etadigan urushning oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Sionistlar tomonidan "Dahiya doktrinasi" deb atalgan vahshiylik Falastinning qarshilik koʻrsatish irodasini sindirishga qaratilgan. Ushbu doktrina "nomutanosib kuch" qoʻllashni va sionistik armiyaga qarshi boʻlganlarning fuqarolik infratuzilmasini yoʻq qilishni oʻz ichiga oladi.

Dahiya doktrinasi oʻz nomini 2006 yilda Ikkinchi Livan urushi paytida Isroil havo kuchlari tomonidan vayron qilingan Bayrut tumanlaridan biridan olgan. Ushbu doktrina muallifi, sionist general Gadi Eyzenkotning fikricha, sionist xavfsizlik kuchlariga qarata oʻq uzgan har qanday aholi punkti yoʻq qilinishi kerak. Bu ommaviy qotillik va genotsidlar dushmanning qarshilik koʻrsatish irodasini falaj qilishi, uzoq davom etadigan urushning oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Isroil mudofaa kuchlari deb ataladigan kuchlar Gʻazoda ushbu doktrinani allaqachon qayta-qayta qoʻllamoqda. Vaholanki urush eʻʻlon qilmasdan fuqarolik infratuzilmasini yoʻq qilish urush jinoyati hisoblanadi. Va har safar sionistlar jazodan qutulib qolishdi. Chunki ularni sionistik tuzilmani yaratgan Gʻarb qoʻllab-quvvatlaydi. Gʻazodagi hozirgi mojaroda ham shu ishini qilmoqda. Biroq "inson huquqlari" haqidagi safsatalarisiz. Va agar ilgari baʻʻzi musulmonlar Gʻarb «demokratiyasi» haqidagi illyuziyalarni saqlab qolishgan boʻlsa, hozir bu tushunchalar ham Falastin tinch aholisining uylariga qoʻshilib sionistik bombalar bilan vayron boʻlmoqda.

Biroq Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar tahlili insoniyatga qarshi qaratilgan "Dahiya doktrinasi" barbod boʻlganini koʻrsatmoqda. Gʻazodagi urush tugash alomatlarini koʻrsatayotgani yoʻq. Sektorning shimoliy qismi er yuzidan qirib tashlangan boʻlishiga qaramasdan, janglar xuddi oʻshanday shiddat bilan davom etmoqda. Doktrina muallifi Gadi Ayzenkotning oʻzi esa  Gʻazoda baxtiqaro oʻgʻli, “dembellik alʻbomi” va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini uylar vayronalari ustida tushgan rasmlari bilan “bezagan” Galni yoʻqotdi.

Sionistik rejim chorasizlik va ochiqdan-ochiq AQShdan yordam soʻramoqda, hatto buni yashirishni oʻylayotgani ham yoʻq. Nafaqat yuqori aniqlikdagi qurollar, balki snaryadlar va patronlarni ham Isroil etarli darajada ishlab chiqara olmasligi maʻʻlum boʻldi. Sionistlar har doim oʻz rejimlarini yuqori darajada rivojlangan texnologik markaz sifatida koʻrsatib kelgan, aslida esa ular harbiy operatsiyalarni texnik va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlay olmas ekan. Ommaviy axborot vositalarida allaqachon tarqalayotgan Isroil xavfsizlik kuchlarining haqiqiy yoʻqotishlari haqidagi maʻʻlumotlar rasmiy tashviqot bayonotlaridan juda farq qiladi.

Falastinliklar esa, oʻz navbatida, tinch aholi orasida katta talofatlarga qaramay, chidamlilik va harbiy amaliyotlar oʻtkazish qobiliyatini namoyish etmoqda. Bundan tashqari, HAMAS asirlarni ushlab turishda davom etmoqda va bu Isroil tomonining kuchsizligining yana bir koʻrsatkichidir. Yaʻʻni, jangovar qobiliyatning saqlanib qolishi va asirlarni ozod qilmasdan urushning tugashi falastinliklarning ushbu toʻqnashuvdagi gʻalabasini belgilaydi. Bunday holatda gʻoliblar urushdan keyingi tinchlik va imtiyoz konturlarini belgilaydi, sionistlar va amerikaliklar esa shartlarga rozi boʻlishga majbur boʻladi.

Hozirgi Isroil rejimi magʻlub boʻlsa, Gʻazoda qilgan barcha ishlari uchun javob berishini yaxshi tushunadi. Maʻʻlumki, "gʻoliblar sud qilinmaydi", magʻlublardan esa masofa saqlanadi – hatto ularni faol qoʻllab-quvvatlaganlar ham. Shuning uchun Netanyaxu radikal sionistlarga tayanib, asirga olingan isroilliklar bilan birga barcha falastinliklarni ham yoʻq qilishga tayyor va bularning barchasi – faqatgina boshi berk koʻchadan chiqish uchun. Bu esa sionistlarning Falastin tinch aholisiga nisbatan vahshiyliklarini kuchaytirmoqda.

Biroq vaqt Isroilga qarshi oʻynamoqda. Qoʻshma Shtatlar amerikaliklar va ularning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari uchun shusiz ham murakkab boʻlib turgan vaziyatni yanada yomonlashtirmaslik uchun harbiy harakatlarni yakunlashga shoshmoqda. Netanyaxuning Gitlerga tenglashtirilishi va Xalqaro sudga berish koʻrinishidagi ilk signallar allaqachon berildi.

Jangovar harakatlarning davom etishi va ularning shafqatsizligi muqarrar ravishda isroilliklarga qaratiladi. Islom olamidagi keng ommaning dastlabki chalkashliklari oʻz oʻrnini gʻazabga boʻshatib, Isroilga yangi, jiddiyroq muammolar uchun qulay zamin yaratdi. Yahudiy jamiyatida esa “ogʻriq chegarasi” juda past. Urush davom etib, yoʻqotishlar ortib borar ekan - va Isroil rasmiylarining oʻzlari yoʻqotishlar ortib borayotganini tan olishga majbur – Isroilga kelib oʻrnashgan yahudiylarning bir qismi uylarini tashlab, boshqa mamlakatlarga qochib ketishi mumkin.

Shunday qilib, sionistlar “Dahiya doktrinasi” asosida Falastinga vahshiylarcha hujumlar uyushtirib, oʻzlarini burchakka haydamoqda. 2006 yilda Livanda Isroil armiyasi engilmaslik oreoli (xomxayoli)ni yoʻqotgan boʻlsa, sionistik rejim Falastinda 70 yildan koʻproq vaqt davomida qilayotgan ishlari uchun toʻliq javobgar boʻladigan vaqt kelganga oʻxshaydi.

Muallif: Ilʻdar Muxametjanov, Islan News

Mavzuga aloqador