Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning Markaziy Osiyo boʻylab hashamatli shaxsiy samolyotda safar qilgani prokuratura va muholifat tanqidiga uchradi. TIV  qimmatbaho samolyot ijaraga olingani boʻyicha izoh berdi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo boʻylab safari uchun 42 million funt sterling turadigan hashamatli biznes-jet ijaraga olgani uchun tanqid qilindi, deb yozadi Mirror nashri.

Oʻtgan hafta Kemeron Embraer Lineage 1000 samolyotida Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga besh kunlik tashrif bilan bordi. Shuningdek, u Moʻgʻulistonda ham toʻxtadi.

“Tushunamanki, Devid Kemeron bir hafta davomida bir necha mamlakatlarga tashrif buyurish uchun samolyot ijaraga olgan boʻlishi mumkin, ammo bu bozordagi eng hashamatli xususiy reyslardan biriga soliq toʻlovchilarning yuz minglab funtlarini sarflashni oqlamaydi", deb yozdi muxolifatdagi bosh prokuror (Shadow Attorney General) Emili Tornberi oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Tashrif arafasida, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Britaniya biznesi uchun sarmoyaviy imkoniyatlarni kengaytirish niyatida ekani maʻʻlum qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi tanqidlarga javob berib, "ushbu holatda bu Birlashgan Qirollik manfaatlarini taʻʻminlashning eng samarali usuli boʻlganini taʻʻkidladi. Tashriflar toʻgʻrisidagi barcha qarorlarda narx va sifat mutanosibligi hisobga olinishi, xarajatlar esa odatda shaffoflik nuqtai nazaridan eʻʻlon qilinadi”.

Oʻtgan yili Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Karib dengizi va Lotin Amerikasi boʻylab sakkiz kunlik safari uchun xuddi shu turdagi samolyotdan foydalangani uchun tanqid qilingan edi. Safar yakunlari boʻyicha TIVga taxminan 348 000 funt sterling miqdoridagi hisob qogʻozi taqdim etilgan.

Bosh vazir Rishi Sunak ham OAVda Buyuk Britaniya boʻylab qisqa masofalarga samolyotda borgani uchun tez-tez tanqid qilinadi.

Mavzuga aloqador