Apple Isroil harbiylarini xodimlarining xayriya tashkilotlariga ajratayotgan ehsonlari koʻrinishida moliyalashtirmoqda. Moliyalashtirilayotgan tashkilotlar qatoriga isroillik askarlarni qoʻllab-quvvatlovchi «Tsaxal doʻstlari» va Gʻarbiy Sohilda noqonuniy yahudiy aholi punktlarini barpo etishga hissa qoʻshayotgan HaYovel, One Israel Fund, Yahudiy milliy jamgʻarmasi va Israel Gives kabi guruhlar kiradi.

Apple Isroil harbiylarini xodimlarining xayriya tashkilotlariga ajratayotgan ehsonlari koʻrinishida moliyalashtirmoqda.

Taʻʻkidlanishicha, Apple oʻz xodimlari va aktsiyadorlarining xayriya siyosati boʻyicha bildirilgan xavotirlariga eʻʻtibor bermasa, boykot roʻyxatiga kiritilish xavfi bor.

Moliyalashtirilayotgan tashkilotlar qatoriga isroillik askarlarni qoʻllab-quvvatlovchi «Tsaxal Doʻstlari» va Gʻarbiy Sohilda noqonuniy yahudiy aholi punktlarini barpo etishga hissa qoʻshayotgan bir necha guruhlar (HaYovel, One Israel Fund, Yahudiy milliy jamgʻarmasi va Israel Gives) kiradi.

Ochiq xatda Apple xodimlari va aktsiyadorlari bundan noroziligini bildirib, texnologiya gigantidan Isroil armiyasi bilan bogʻliq barcha tashkilotlarga xayriya qilishni toʻxtatishga chaqirgan.

"Biz Apple kompaniyasidan zudlik bilan tekshiruv oʻtkazish, bosib olingan hududlarda noqonuniy aholi punktlarini qoʻllab-quvvatlovchi va TsAXALni qoʻllab-quvvatlovchi barcha tashkilotlarga xayriya berishni toʻxtatishni talab qilamiz. Bu xalqaro huquq va tashkilotimizning inson huquqlari boʻyicha bildirilgan majburiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ziddir", - deyiladi maktubda.

Aprelʻ oyi boshida 300 ga yaqin amaldagi va sobiq xodimlar Apple bosh direktori Tim Kukga texnologiya giganti Gʻazodagi falastinliklarning azob-uqubatlariga befarq qolganidan xavotir bildirgan ochiq xatni imzolagan edi.

Apple oʻz xodimlari va aktsiyadorlari tomonidan xayriya siyosati boʻyicha bildirilgan xavotirlarga eʻʻtibor bermasa, boykot roʻyxatiga kiritilishi xavfi bor.

Mavzuga aloqador