Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni bu oy Haj vaqtida Makkada oʻrtacha eng yuqori harorat 44 darajaga etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Oʻtgan yilgi haj mavsumida 2 ming nafardan ortiq ziyoratchi issiq urishidan aziyat chekkan.

“Bu yilgi Haj uchun kutilayotgan iqlim Makka va Madinada oʻrtacha haroratning meʻʻyordan bir yarim-2 darajaga oshishi bilan tavsiflanadi”, degan edi Milliy meteorologiya markazi rahbari Ayman Gʻulom 4 iyunʻ kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Uning taʻʻkidlashicha, havoning nisbiy namligi 25 foiz, yogʻingarchilik ehtimoli nolga yaqin va oʻrtacha eng yuqori harorat 44 darajaga etishi mumkin.

14 iyunʻ kuni boshlanadigan haj ziyorati Islomning besh arkonidan biri boʻlib, imkoni boʻlgan barcha musulmonlar umrida kamida bir marta ado etishlari shart.

Saudiya Arabistoni rasmiylariga koʻra, oʻtgan yili 1,8 milliondan ortiq musulmonlar haj amalini ado etgan, bu vaqt davomida 2000 dan ortiq kishi harorat 48 darajagacha koʻtarilgani sababli jazirama stressdan aziyat chekkan.

Biroq jabrlanuvchilarning koʻpchiligi kasalxonaga yotqizilmagan yoki shifoxonalarga bormagani sababli issiq urishi, charchoq, hushdan ketish va toshma toshishi kabi issiqlik stressi alomatlarini boshdan kechirganlarning soni aslida ancha yuqori boʻlgan.

Bu yilgi Haj Saudiya Arabistonidagi soʻnggi rasmiy yozgi haj boʻlishi kutilmoqda, chunki yillik ziyorat hijriy qamariy taqvim boʻyicha har yili qariyb ikki hafta oldin boshlanadi va keyingi yillarda bahor kunlariga toʻgʻri keladi.

Mavzuga aloqador