Isroilning Globes iqtisodiy yangiliklar sayti xabariga koʻra, Isroil Milliy xavfsizlik kengashi mamlakatdagi portlarga kemalarning kelishi va ketishi haqidagi maʻʻlumotlarni oʻz saytlaridan oʻchirish uchun «shoshilinch» koʻrsatma bergan.

“Kelajakda bu koʻrib chiqilishi kerak boʻlmagan muammo emasligi aniqlashganida, avvalgi holatga qaytish mumkin boʻladi”, - deyiladi kengash koʻrsatmasida.

Xusiylar Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarni nishonga olmoqda

Xusiylarning Yamendagi etakchisi Abdulmalik al-Xusiy 14 noyabrʻ kuni televideniedagi chiqishida Qizil dengizdagi Isroil kemalarini nishonga olishlari mumkinligi bilan tahdid qilgan edi.

19 noyabrʻ kuni esa xusiylarning harbiy voizi Yahyo Seri X platformasida Isroilning blokadadagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban Isroil bayrogʻi ostidagi har qanday kemani nishonga olishlarini maʻʻlum qildi.

Keyinroq esa xusiylar Bab al-Mandeb boʻgʻozida Isroilning Unity Explorer va Number Nine nomli ikkita kemasiga dron va raketa hujumi uyushtirdi.

Isroilning ZIM logistika kompaniyasi 29 noyabrʻ kuni bergan bayonotida Ummon dengizi va Qizil dengizdagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatga asoslanib, kemalari Misrdagi Suvaysh kanalidan foydalanmasligini bildirdi.

AQSh Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) 4 dekabrʻ kuni X platformasida Qizil dengiz janubidagi xalqaro hududiy suvlarda 3 ta tijorat kemasiga 4 marotaba hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi.

Bayonotda Qizil dengiz janubida joylashgan AQSh harbiy-dengiz kuchlariga qarashli USS Carney esminetsi tijorat kemalarining yordam chaqiruviga javob bergani, esminets kemalarga yordam berayotib, oʻziga qarab kelayotgan 3 ta dronni urib tushirgani bildirildi.

CENTCOM bugungi bayonotida xusiylar kecha ertalab Qizil dengiz janubida Marshall orollari bayrogʻi tushirilgan Ardmore Encounter nomli neftʻ tankerini qoʻlga olishga harakat qilganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador