Afgʻoniston taqiqlangan amaliyotlarga qarshi kurash boʻyicha hisobot berdi
Afgʻoniston Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott berdi. Jumladan, ayollar savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatning oldi olingan, 25 ta vino zavodi yopilgan, 21 mingdan ortiq musiqa asbobi yoʻq qilingan.
Afgʻoniston
Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi
faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott
berdi.
Vazirlik maʻʻlumotlariga
koʻra, qizlar boshqa oilalarga nizolarni hal qilish uchun turmushga berilayotgan 300
dan ortiq majburiy nikoh holatlarining oldi olingan. Bundan tashqari, ayollar
savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatga barham berilgan.
Vazirlik
Afgʻonistonda taqiqlangan amaliyotlarga qarshi kurash haqida ham maʻʻlumot berdi.
Xususan, oʻtgan yil davomida:
21
mingdan ortiq musiqa asboblari yoʻq qilindi;
25 vino
zavodi yopildi;
bosma va
elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan materiallarning 90 foizi
tsenzuradan oʻtkazildi;
tumor
yasash va jodugarlik bilan shugʻullangan mingga yaqin odam hibsga olinib, sudga
tortildi.