Afgʻonistonda 50 nafar juftlik ishtirokidagi ommaviy toʻy marosimi boʻlib oʻtdi.

Afgʻonistonda 50 nafar juftlik anʻʻanaviy toʻy uchun katta xarakat qilishdan qochib, ommaviy toʻy marosimini oʻtkazdi, deya xabar bermoqda BBC.

Boʻlajak kelinlar alohida qanotda koʻzdan uzoqda saqlangan holda oʻtirishgan va mehmonlar oldida koʻrinish berishmagan, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Kobuldagi tadbir xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, yangi turmush qurganlarga oilaviy hayotlarini boshlashlari uchun gilam va maishiy texnika kabi buyumlar ham taqdim etgan.

Kamtarona marosimda Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi vakili soʻzga chiqdi.

“Tolibon” hukumati 2021 yil avgustida hokimiyatga qaytganidan buyon qoʻshiq va raqsni taqiqlagani sababli toʻyda Qurʻʻon oʻqilgan.

Soʻngra kelin-kuyovlar tasma va gullar bilan bezatilgan mashinalarda kuzatib qoʻyilgan.

18 yoshli Ruhulloh Rezayi AFP axborot agentligiga bir oʻzi toʻy oʻtkazishga qurbi etmasligini tushuntirdi.

“Anʻʻanaviy toʻy bizga kamida 200-250 ming afgʻonga (2800-3600 dollar) tushadi, lekin bu safar 10-15 ming afgʻonga tushadi... Har ikki oiladan jami 35 kishini taklif qildik, odatda esa 300-400 kishi kelar edi”, - deydi u.

Agentlik maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻor viloyatidan boʻlgan bu yigit mardikorchilik qiladi va kuniga 350 afgʻon topadi.

Agentlikning qayd etishicha, toʻy qilish xarajatlari aksariyat koʻpchilik uchun katta boʻlgani sababli yoshlar uzoq vaqt davomida turmush qurishga qiynalib yurishadi.

Mavzuga aloqador