Eronning IRNA rasmiy xabar agentligi Sistan-Balujistan viloyati (ostan)da tunda uyushtirilgan hujum bilan bogʻliq bayonot berdi.

“Raskdagi politsiya boʻlimiga uyushtirilgan teraktda 11 kishi shahid boʻldi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, politsiya va qurolli hujumchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvda koʻplab hujumchilar halok boʻlgani qayd etildi.

Mahalliy matbuot hujumni mamlakatdagi sunniy baluj xalqi huquqlarini himoya qilishini” daʻʻvo qiluvchi "Jeyshul Adl" tashkiloti oʻz zimmasiga olganini bildirdi.

Mavzuga aloqador