munozara
- 01
Filadelʻfiyada AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlar Donalʻd Tramp va Kamala Xarris oʻrtasida birinchi debat boʻlib oʻtdi. Xarris Trampni Amerikani «sotganlikda» aybladi, Tramp esa Xarris gʻalaba qozonsa, mamlakat ikkinchi Venesuelaga aylanishini bashorat qildi. Debat chogʻida iqtisodiyot, tashqi siyosat va milliy xavfsizlik kabi muhim siyosiy masalalar atrofida keskin munozara avj oldi.