29.07.2025 14:33
154
Nafs qusurlari va ularni davolash yoʻllari
2. Gunoh va xatolar uchun yigʻlash barobarida pushaymonlikda qolish
Qusur:
Nafsning yana bir kamchiligi – (har qanday sababga koʻra) yigʻlaganda engillashishi va oʻzini xotirjam his qilib, shodlikka berilishidir.
Davo yoʻli:
Bu kamchilikni davolash yoʻli kishi (qilgan gunoh va xatolari uchun) yigʻlash bilan birga shu qaygʻuda davom etishidir. Yigʻidan soʻng oʻzini engil his qilib, shodlikka berilmasligi lozim. Bu holatda inson (Ulugʻ Parvardigori oldida oʻz ojizligini tan olib) mahzun holda yigʻlashi kerak. Qandaydir gʻam-tashvishi uchun koʻz yosh toʻkmasin. Chunki kim faqat gʻam-tashvishi uchun yigʻlasa, bu orqali u engillashib, shodlikka erishadi. Kimki (Ulugʻ Robbi oldida oʻz ojizligini tan olib) yigʻlasa, bu yigʻi uning dardi va gʻamini yanada oshiradi.