16.06.2025 14:07
271

Islom bilan yuzaga chiqqan ikki qarash



Birinchisi: hayotga oʻzaro izchil unsurlarni qamrab oluvchi bir butun sifatida qarash

Islom ruhiy, psixologik jihatga boʻlgan eъtibor moddiy jihatga berilgan eъtibordan kam emas. Xuddi shuningdek, bir shaxsdan talab qilinadigan odob-axloqqa jamoat ham rioya qilishi istaladi. Oʻzaro muomalalar odob-axloqqa tayanar ekan, ibodatlar ruhiyatga tayanadi. Islom, jamoatga qanday haq-huquqlar bergan boʻlsa, xuddi shu haqlarga shaxslar ham ega boʻloladilar. Yaxshi ishlar bari teng boʻlib, birini bajargan kishi boshqa yaxshilikni qilishdan ozod qilinmaydi. Bir gap bilan aytganda, Islom ikkala dunyoda ham mukammal saodatga va yaxshilikda-yomonlikda hamjihat boʻlgan, taqvo va yaxshilik yoʻlida yordamlashadigan, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradigan fozil jamiyatni qurishga chaqiradi.

“Moʻminlar va moʻminalar bir-birlariga doʻstdirlar. Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarurlar”, (tavba surasi 71 oyat).

Ikkinchisi: Insonlarning bariga oʻzaro yordamlashadigan, bir-biridan faqatgina taqvo ila ustun boʻla oladigan bir oila sifatida qarash

Samoviy risolatlarning birligiga, barcha paygʻambarlar oʻrtasidagi birodarlikka nazar tashlaydigan boʻlsak, ulardan birortasini boshqalaridan ayro tutilmasligini koʻramiz. Bu qarash oʻz-oʻzidan muomalada kechirimli boʻlish kerakligini, adolat va yaxshilikni, har qanday vaziyatda hikmat bilan ish tutish va foydani koʻzlash lozimligini, er yuzida Islomning keng yoyilganligini va Islom madaniyati insoniyat ega boʻlgan narsalarning eng afzaliga ega ekanligini koʻrsatadi.

Qurъoni karimda ham goʻzal axloqqa, ijtimoiy fazilatlarga, haqqoniyat va adolat asosida muomala qilishga daъvat qiluvchi koʻplab oyatlar vorid boʻlgan. Ota-onaga yaxshilik qilish, koʻngilli ravishda qarindoshlarga, etimlarga, kambagʻallarga yordam berish, ozuqasiz faqirning qornini toʻydirish, kuchsiz va kasallarga yumshoq muomalada boʻlish, kechirimli va murosachi boʻlish, sabrli va toʻgʻrisoʻz boʻlish, sodiq va vafodor boʻlish, yaxshilik va taqvo yoʻlida yordamlashish, er yuzida Allohning fazlini tilab istiqomat qilishlar shular jumlasidan sanaladi.

Shu bilan birga Qurъonda til bilan ochiqcha buziqlik qilish, yomon gumon qilish, yolgʻon gapirish, xiyonat qilish, zulm va haddan oshish, dushmanlik qilish, fahsh ish sodir etish, birovning va etimlarning molini botil yoʻl bilan eyish, etimlarga kuch ishlatish, tarozidan urib qolish, isrof qilish kabi yomon va qabih axloqlardan qaytaruvchi oyatlar ham bisyor.

Yana bundan tashqari bu bilan bogʻliq paygʻambar hadislari, xalifa va sahobalarning soʻz va tatbiqotlari ham koʻp va bularning bari yana Qurъondan ilhomlangan boʻlib, Qurъonni tasdiqlaydi va oʻz oʻrnida sharhlab beradi.

Islom diniga koʻra, insonlarning bari ushbu chaqiruv va qaytariq qarshisida teng hisoblanadilar. Na paygʻambar, na ergashuvchi va na boshqasi ushbu taъlimotlarga befarq boʻla olmaydi. Shuningdek, insonlar oʻrtasidagi ustunlik ham mana shu chaqiriq va qaytariqlarga eng koʻp eъtibor qaratish va taqvo qilish asosida quriladi. Kim yaxshi axloq ega boʻlsa, odil boʻlsa, qanchalik buziqlikdan uzoq boʻlsa va boshqalarning ham buzuqlikka qul urishiga mone boʻlolsa, Allohdan qanchalik qoʻrqsa, ana shundagina bu narsalarga beeъtibor boʻlganlardan ustul boʻla oladi. Qolaversa, bu taqvo egasi boʻlishda yoki malomatga sazovor boʻlishda qoratanli ham, oqtanli ham, qiziltanli ham, boyi ham, kambagʻali ham tengdir.

Shu bilan birga yaxshilik va taqvo ustida yordamlashadigan barcha darajasi, maqomi va mansabidan qatъi nazar bir oilaning aъzolari kabi boʻladilar. Bir-birlari bilan muomalalari aka-ukalarning muomalasining oʻzginasi boʻladi. Ular musulmon birodarlaridan tashqari musulmon boʻlmagan insonlarning xavfsizligini ham taъminlashga urinadilar. Bunday holatlar tarixda koʻp uchragan boʻlib, musulmonlar zolimga kuchi etmagan gʻayridinlarni oʻz qaramoqlariga olib, ularning omonligini zimmalarida tashiganlar. 

Mavzuga aloqador