17.07.2025 09:58
117
Hasharotlar oʻsimlik ovozini eshitadimi?
Hasharotlar oʻsimliklar turli vaziyatlarda chiqaradigan ovozli signallarni eshitishi va ularga javob qaytarishi mumkin, deb yozadi BBC.
Tabiat inson eshitish qobiliyatidan tashqaridagi noyob “signallar” bilan toʻlib-toshgan. Yaqinda Telь-Aviv universiteti olimlari oʻtkazgan ilmiy tadqiqot natijasida oʻsimliklar stress holatida oʻzidan ovoz chiqarishi va bu ovozlar hayvonlarga taъsir koʻrsatishi aniqlandi.
Ilmiy izlanish paytida oʻsimliklar tomonidan chiqarilgan ovozlarga hayvonlar tomonidan javob qaytarilgani tasdiqlangan. Jumladan, urgʻochi tut parvonasi pomidor oʻsimligi stressda ekanligini koʻrsatuvchi ovozlarni eshitib, unga tuxum qoʻymaslikni maъqul koʻrgan. Gap inson eshita olmaydigan ovozlar – bodroq portlashiga oʻxshash tovushlar haqida ketmoqda.
Maъlum boʻlishicha, parvonalar suvsizlanish sabab “nola qilayotgan” pomidor oʻsimligidan qochadi. Bu signallar hasharotlarga sogʻlom oʻsimliklarni avlodlari uchun tanlashga yordam beradi.
Koʻrinib turibdiki, tabiatda inson eshita olmaydigan tovushlar orqali amalga oshadigan yashirin “ekoaloqalar” mavjud.