Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida mamlakatda roʻy bergan zilzila sababli Markaziy Osiyoga tashrifini bekor qildi. U "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ishtirok etishni rejalashtirgandi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida mamlakatda roʻy bergan zilzila tufayli Markaziy Osiyoga boʻlajak safarini bekor qiladi, deb yozadi Japannews.

Bu qaror Miyazaki prefekturasida 8 avgust, payshanba kuni sodir boʻlgan 7,1 ballik kuchli zilziladan soʻng qabul qilindi.

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga tashrif buyurishi kerak edi.

Yaponiya hukumati rahbarining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan edi.

Mavzuga aloqador