17.01.2025 15:27
Xorijdan jasad olib kelish qanchaga tushishi aytildi
2024 yil davomida 483 nafar oʻzbekistonlikning jasadi xorijdan Oʻzbekistonga qaytarilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʻʻlum qildi.
Agentlikka koʻra, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlatlarga qarab farqlanadi. Misol uchun:
Rossiyadan – 1000 AQSh dollarigacha;
Angliyadan – 4-5 ming dollar;
Yaponiya va Koreya davlatlaridan bir fuqaroning jasadini olib kelish 9-10 ming dollargacha tushishi mumkin.
Agentlik vakillari marhumning xorijdagi huquqiy maqomiga qaramasdan, murojaat qilingan taqdirda, jasadlarni olib kelishda yordam koʻrsatishlarini taʻʻkidladilar.
Taqqoslash uchun, 2022 yilda 518 nafar, 2021 yilda esa 500 dan ortiq oʻzbekistonlikning jasadi olib kelingan. 2020 yilning aprelida Rossiyada baxtsiz hodisalarda halok boʻlgan 17 nafar fuqaro jasadlari respublikaga qaytarilgandi.