Isroillik shifokor: Isroil askarlari Gʻazodagi uylardan hatto changyutkichlarni oʻgʻirlashdi
Isroillik harbiy shifokor Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi uylarni talon-taroj qilgani va yoqib yuborgani hamda falastinlik mahbuslarni sudsiz qatl qilgani haqida soʻzlab berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil harbiylari gʻazoliklarning uylaridan koʻp sonli matraslar, gaz plitalari, bolalar oʻyinchoqlari, changyutkichlargacha oʻgʻirlashgan.
“Ediot
Axronot” gazetasi bosh tahlilchisi
Naxum Barnea yaqinda
Gʻazo sektorida ikki oylik harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan zaxiradagi desantchilar brigadasi
shifokorining maktubini eʻʻlon qildi.
Barnea, shifokorning ismini oshkor qilmasdan, u «soʻzma-soʻz»
maktubni keltirganini taʻʻkidladi.
Shifokorning aytishicha, 7 oktyabrʻ voqealari isroilliklarda
gʻazab va qasos tuygʻularini uygʻotgan hamda unga ham taʻʻsir qilgan bu tuygʻular harbiylarni
«qoʻzgʻolon»ga olib kelgan. Unga koʻra, “armiya kuchlari Gʻazoda uylarni talon-taroj
qilgan va yoqib yuborgan, mahbuslarni qatl qilgan”.
Isroil askarlari
hatto Falastin uylaridan changyutgichlarni oʻgʻirlashadi
“Talonchilik deyarli institutsional holga keldi”, deb yozgan isroillik harbiy
shifokor. “Bu uylardan
koʻp sonli matraslar, gaz plitalari va gaz ballonlarini musodara qilish bilan
boshlandi, bolalar
uchun stol va kichik oʻyinchoqlar kabi kichik narsalarni ham olib ketish bilan davom etdi. Kichikroq va intizomsizroq kuchlar telefonlar,
changyutgichlar, mototsikllar va velosipedlarni oʻgʻirlagan”.
U sodir boʻlayotgan voqealardan uyalganini va "bir nuqtada
uni bezovtalik sifatida qabul qilgani uchun izoh soʻrashni toʻxtatganini" taʻʻkidladi.
Isroillik harbiy shifokorning aytishicha, Isroil armiyasi zarar etkazish niyatida operatsiyalar
oʻtkazgan.
Isroillik shifokorning qoʻshimcha qilishicha, talonchilik va oʻt
qoʻyish armiyada tartib-intizom yoʻqligidan dalolat beradi.
“Armiya kuchlari vaqti-vaqti bilan uylarga oʻt qoʻya boshladi,
ammo brigada komandiri bu uning uchun muammo emasligini aytdi. Askarlar
tarqatayotgan siyosiy –
aksariyati oʻng qanot va koʻpincha ekstremistik boʻlgan xabarlar uchun qariyb
hech qanday toʻsiq yoʻq. Rahbariyat esa bunga koʻz yummoqda”, - deydi u.
Isroil harbiylari
falastinlik mahbuslarni qatl qilmoqda
Shifokor Gʻazodagi toʻqnashuvlarda qoʻlga olingan Izzeddin
al-Qassam brigadasining 5 nafar aʻʻzosidan birining oyogʻi singanini aytdi. U davolanish paytida
harbiylarning salbiy munosabatiga duch kelganini taʻʻkidlab, unga yordam bergan. Toʻqnashuvdan soʻng
isroillik askarlardan biri falastinlik mahbusni oʻldirgan.
Unga koʻra, isroillik qoʻshinlar soʻroq paytida asirga olingan
«Qassam» guruhining yana bir aʻʻzosini otib tashlagan.
"Oʻzim
patsifist emasman,
lekin Isroil harbiy kiyimini kiyganlar boradigan joylarida barcha chegaralardan oʻtib ketmoqda", ‑ deya taʻʻkidladi shifokor.
Gazetasining
bosh tahlilchisi soʻzlariga
koʻra, bunday voqealar tez-tez uchrab turadi. U Livan bilan chegaradagi
evakuatsiya qilingan Isroil shaharlarida ham shunga oʻxshash hodisalar haqida eshitgan.
Gʻazo hukumati matbuot xizmati bayonotida, "bosqinchi
armiya Gʻazo sektoriga qarshi genotsid urushi paytida 3000 ta uyni yoqib yuborganini maʻʻlum qildi.
Isroilning Haaretz gazetasi 1 fevralʻ kungi xabarida falastinliklarga
qarashli yuzlab uylar Isroil askarlarining hujumlari natijasida tuzatib boʻlmas
darajada zarar koʻrgani aytilgan.
Bu maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil armiyasi qoʻmondonlari “qonuniy
ruxsatisiz” harbiylarga 7 oktyabrdan beri hujum ostida boʻlgan Gʻazo sektoridagi
tashlandiq uylarni yoqishni buyurgan.