21.07.2025 07:15
139

Xitoy Oʻzbekiston yoshlari uchun 1,8 mln dollar miqdorida grant ajratdi



Xitoyning Shensi provintsiyasi hukumati tomonidan Oʻzbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida taъlim granti ajratildi. Bu haqda Oliy taъlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Shensi provintsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali oʻzbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻlishdi”, deyiladi xabarda.

Taъlim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng boʻlib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 3 iyunь kuni Toshkent davlat transport universitetida Oʻzbekiston – Xitoy transport fakulьteti ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. 

Mavzuga aloqador