Volgodraddagi 19-sonli jazoni ijro etish muassasasida toʻrt nafar IShID tarafdori boʻlgan mahbus gʻalayon koʻtarib, bir qancha soqchilarni oʻldirdi, bir qanchasini asirga oldi. Mahbuslarning ikki nafari oʻzbekistonlik, ikki nafari tojikistonlik. Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Yarim soatlik shturm davomida asirlar ozod qilindi, bir isyonchi oʻldirildi, ikki nafari yarador boʻldi.

Rossiyaning Volgodrad viloyati Surovikino shahridagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahbuslar bir necha xodimni asirga oldilar, qurbonlar bor. «TASS»ning yozishicha, kamida uchta bosqinchi bor, garovga olinganlardan biri halok boʻlgan.

Mintaqaviy Federal jazoni ijro etish xizmati matbuot xizmatining xabar qilishicha, gʻalayon ishtirokchilari oʻzlarini “Islomiy davlat” tarafdorlari deb atashgan.

Boshqarma maʻʻlumotlariga koʻra, tartibsizlik intizom komissiyasi yigʻilishida sodir boʻlgan va axloq tuzatish muassasasi xodimlari garovga olingan.

“Baza” Telegram kanalida uch nafar bosqinchi haqida xabar berilgan: asli oʻzbekistonlik Temur Xusinov - qasddan badanga ogʻir shikast etkazgani uchun 6 yilga; asli oʻzbekistonlik Ramzidin Toshev - giyohvand moddalar savdosi moddasi bilan 8 yilga; asli tojikistonlik Rustamchon Navroʻziy - giyohvand moddalar savdosi moddasi bilan 7 yilga qamalgan.

Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, mahalliy vaqt bilan 16:00 da koloniyaga shturm uyushtirilgan va yarim soat davom etgan operatsiyadan soʻng barcha asirlar ozod qilingan. Bir isyonchi oʻldirilgan, ikki nafari yarador qilingan.

 

Mavzuga aloqador