08.01.2025 10:11
1048
Ummonda Carrefour doʻkonlari faoliyatini toʻxtatdi
Isroilni qoʻllab-quvvatlagani uchun boykot qilingan kompaniya barcha shoxobchalarini yopishga majbur boʻldi. Bayonotga koʻra, 2025 yil 7 yanvardan boshlab mamlakatdagi barcha shoxobchalar faoliyati tugatildi.
Ummondagi Carrefour savdo tarmogʻi barcha doʻkonlarini yopganini rasman eʻʻlon qildi. Mazkur xabar kompaniyaning ijtimoiy media sahifalari orqali tarqatildi. Bayonotga koʻra, 2025 yil 7 yanvardan boshlab mamlakatdagi barcha shoxobchalar faoliyati tugatildi.
Kompaniya yopilishining aniq sabablari va ushbu jarayon haqida qoʻshimcha maʻʻlumot berilmagan. Biroq, Isroilga qarshi Boykot, Olib tashlash va Sanktsiya Harakati (BDS) Ummondagi Carrefour doʻkonlarining yopilishi shu maqsaddagi global harakatning yana bir yutugʻi sifatida baholanmoqda.
Frantsiyada joylashgan Carrefour kompaniyasi bir necha yillar davomida Isroilni qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblanib kelgan. Gʻazo va Livanga qarshi hujumlar tufayli global miqyosda norozilik bildirgan koʻplab guruhlar, jumladan, BDS harakati kompaniyaga boykot eʻʻlon qilgan.
Bunday bosimlar natijasida Iordaniyadagi Carrefour doʻkonlari ham 2024 yil 4 noyabrda oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi. Ummondagi yopilish esa mintaqadagi savdo sektorlariga boykotlar qanday taʻʻsir qilayotganining yana bir misoli sifatida koʻrilayotir.
Siyosiy va iqtisodiy bosimlarning ortishi bilan Frantsiyalik savdo gigantining boshqa mamlakatlardagi mavqeiga ham taʻʻsir koʻrsatilishi mumkin. Xalqaro kuzatuvchilar bu holatni Isroilga aloqador kompaniyalar uchun ogohlantiruvchi signal deb baholashmoqda.