Turkmanistonda Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum boʻlib oʻtdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobot shahrida Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Eron, Pokiston, Moʻgʻuliston, Armaniston prezidentlari ishtirokida turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan "Zamon va tsivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtdi. Unda, jumladan, Oʻzbekiston prezidenti nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 oktyabrʻ kuni Ashxobod shahrida turkman shoiri va
mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan
"Zamon va tsivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi - tinchlik va taraqqiyot
asosi" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi, deya xabar qildi davlat
rahbari matbuot xizmati.
Turkmaniston
prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida oʻtgan tadbirda Rossiya prezidenti
Vladimir Putin, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Qirgʻiz Respublikasi prezidenti
Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Eron prezidenti Masʻʻud
Pezeshkiyon, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy, Moʻgʻuliston prezidenti
Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan, xorijiy davlatlar
parlamentlari rahbarlari va yuqori martabali vakillari, xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev oʻz nutqida forumning oʻtkazilishi xalqlar oʻrtasidagi
birodarlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, mamlakatlarni bir-biriga
yanada yaqinlashtirish, boy maʻʻnaviy merosimizni butun dunyoga targʻib qilish yoʻlida
ulkan amaliy qadam boʻlishini taʻʻkidladi.
Maxtumquli
Firogʻiyning ijodiy merosi nafaqat Sharq mumtoz sheʻʻriyatini, balki jahon
adabiyotini ham boyitganligi qayd etildi.
Oʻzbekistonda
Maxtumquli ijodi yuksak qadrlanadi. Shoir Xiva shahridagi Shergʻozixon
madrasasida tahsil olib, dunyoviy va diniy ilmlarni oʻrgangan. U buyuk oʻzbek shoiri
va mutafakkiri Alisher Navoiyni chuqur hurmat qilgan.
Joriy yilda Oʻzbekistonda Maxtumquli Firogʻiy tavalludining
300 yilligi keng nishonlanayotgani taʻʻkidlandi.
Anjuman, seminar, adabiy kecha, tanlov, spektakllar va boshqa tadbirlar
oʻtkazilmoqda. Oʻzbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan shoir haqida
hamkorlikda badiiy filʻm suratga olindi.
Oʻzbekiston etakchisi Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan eʻʻlon qilingan "Xalqaro tinchlik va ishonch yili"
doirasida kelgusi yili Ashxobod shahrida global sammit oʻtkazilishini
qoʻllab-quvvatladi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston prezidentiga mazmunli nutq hamda
Maxtumquli Firogʻiy xotirasini abadiylashtirish borasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirib, davlat rahbari turkman shoiri va
mutafakkiri tavalludining 300 yilligi munosabati bilan medalʻ bilan
mukofotlanishini maʻʻlum qildi.
Tadbir nihoyasida forumning yakuniy hujjati qabul qilindi.