Turkmaniston Prezidenti Qadr kechasi munosabati bilan 321 mahbusni afv etdi
Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov mehr-shafqat anъanalariga rioya qilgan holda, mamlakatning jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan 321 fuqaro afv etilishi toʻgʻrisida farmonni imzoladi.
Prezident Komissiya raisiga huquq-tartibot organlari rahbarlari bilan hamkorlikda afv etilgan shaxslarning oʻz vaqtida ozod qilinishi va oilalariga qaytishini tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.
Turkmaniston Prezidenti afv etilgan fuqarolarga murojaat qilib, ularning vijdonan mehnatda boʻlishlari, vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlari va tinch-totuv hayot kechirishlarini tilagan.
Turkmanistonda Qurbon hayiti, Navroʻz va Qadr kechasi munosabati mahbuslarni afv etish anъanaviy tarzda amalga oshirib kelinadi. Oʻtgan yili ham ramazon oyida Qadr kechasi munosabati bilan 356 nafar fuqaro ozrdlikka chiqarilgan edi.
Bu anъana 1999 yildan beri davom etmoqda va hozirgacha minglab insonlar afv etilgan.