24.02.2025 08:41
705

Turkiyaning turkiy davlatlarga eksporti ikki baravarga oʻsdi

Turkiyaning turkiy davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirgʻizistonga eksporti soʻnggi toʻrt yilda sezilarli oʻsishni koʻrsatdi, deb xabar bermoqda "Kazinform" agentligi muxbiri.

Turkiya Statistika Instituti (TÜİK) maъlumotlariga koʻra, Turkiya bilan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) aъzo ushbu davlatlar oʻrtasidagi savdo hajmi 2024 yilda 2 barobarga oshib, rekord darajadagi 11,1 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etdi.

2020 yilda Turkiyaning ushbu mamlakatlarga eksporti 5,4 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 7,2 milliard dollarga, 2022 yilda 8 milliard dollarga, 2023 yilda esa 9,9 milliard dollarga etdi.

2024 yilda Turkiya eksportining eng katta hajmi Qozogʻistonga toʻgʻri keldi – 3,3 milliard dollar. Keyingi oʻrinlarni Ozarbayjon (3,1 milliard dollar) va Oʻzbekiston (2,2 milliard dollar) egalladi. 1,4 va 1,1 milliard dollarlik hajmga ega Qirgʻiziston va Turkmaniston ham turk mahsulotlarini xarid qilishni faol ravishda oshirmoqda.

Turkiya Turkiy respublikalarga eksport qilgan asosiy mahsulotlar qozonlar, mashinalar, mexanik qurilmalar va yadro reaktorlari boʻlib, umumiy eksport hajmining 2,6 milliard dollarini tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni etkazib berish hajmi 1,1 milliard dollar boʻlgan elektr texnika va jihozlar egalladi.

Bundan tashqari, Turkiyadan 530,1 million dollarlik qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlari, shuningdek, 529,8 million dollarlik avtomobilь va butlovchi buyumlar eksport qilingan.

Qayd etilishicha, bunday oʻsish turkiy davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi, bu esa oʻzaro savdoni kengaytirish va TDT doirasida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani mustahkamlaydi.