Turkiyaning Konya viloyatida toʻrt qavatli uy qulab tushdi
Konya viloyatida toʻrt qavatli uy qulab tushdi
24 yanvar, 2025 yil. Turkiyaning Konya viloyatida joylashgan Selchuklu tumanida toʻrt qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Voqea kechqurun sodir boʻlgan boʻlib, hozirda qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qutqarish ishlarini davom ettirmoqda.
Turkiyaning Yeni Şafak gazetasi xabar berishicha, hodisa vaqtida bino ichida kamida besh kishi boʻlgan, ularning ikki nafari qutqarilgan. Hozircha halok boʻlganlar haqida maʻʻlumot berilmagan.
Shahar meri Ugur Ibrohim Altay oʻz bayonotida mazkur binoga xavfsizlik choralari etishmaganini qayd etdi va binoning eski ekanligini taʻʻkidladi. Shuningdek, barcha tegishli xizmatlar tezkor ravishda voqea joyiga yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bino qulashidan oldin ikkinchi qavatda chiroqlar yonib turgani koʻrinish mumkin. Guvohlar esa avval kuchli qarsillash ovozini eshitishganini va shundan soʻng bino qogʻoz uy kabi qulab tushganini aytishmoqda.
Maʻʻlumot uchun: Bundan avval 2019 yilda ham Turkiyaning Istanbul shahrida shu kabi toʻrt qavatli turar-joy binosi qulab tushgan edi.
Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʻʻlumotlar berilishi kutilmoqda.