24.12.2024 14:24
637
Turkiyadagi portlashda 12 kishi halok boʻldi
Turkiyaning gʻarbida joylashgan Karasi shahrida portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir boʻlgan kuchli portlash oqibatida kamida 12 kishi halok boʻldi, yana 3 kishi jarohat olgan. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.
Balikesir viloyati gubernatori Ismoil Ustaoʻgʻlining maʻʻlum qilishicha, portlash tsexda sodir boʻlgan va binoga jiddiy zarar etkazgan. Zavod toʻliq vayron boʻlgan. Hozirda qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
“Vayronalar ostida qolgan uch kishi qutqarildi va shifoxonaga yotqizildi. Ularning holati barqaror”, — dedi gubernator. Voqea joyida tez yordam va oʻt oʻchiruvchilar ish olib bormoqda.
Portlash vaqtida tsexda qancha odam boʻlgani hozircha nomaʻʻlum. Voqeaning aniq sabablari hamon oʻrganilmoqda. Rasmiylar fojiaga fabrikada xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

