18.01.2025 13:39
675

Turkiyada qoʻlbola alkogoldan zaharlanib, oʻlgan oʻzbekistonliklar 17 nafarga etdi



2025 yil 17 yanvarʻ kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʻʻmol qilish oqibatida yana 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Istanbuldagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining maʻʻlum qilishicha, ularning jasadlarini Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Istanbuldagi shifoxonalarning jonlantirish boʻlimida yana 5 nafar oʻzbekistonlik qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanishdan davolanmoqda.

Eʻʻtiborlisi, baʻʻzi vatandoshlarimiz zaharlangan boʻlsa-da, uy sharoitida davolanishga harakat qilib, shifoxonaga bormagan.

“Ularga murojaat qilinganda, shifoxonaga borish moddiy jihatdan qimmatga tushishi mumkinligini aytishdi. Biroq keyinchalik bunday qarorlar buyrak faoliyatining ishdan chiqishi, koʻrish qobiliyatining yomonlashishi va nafas olishda muammolar yuzaga kelishiga olib kelmoqda,” deyiladi xabarda.

Konsullikka koʻra, zaharlanish alomatlari sezilganda 112 qisqa raqami orqali tez yordam chaqirtirilishi hamda shifoxonaning “qizil hududi” (“kırmızı alan”) orqali qabul qilinishi lozim. Turkiyada bu xizmat bepul koʻrsatiladi.