Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya va MİT rahbari Ibrohim Qalin Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif chogʻida “uch tomonlama uchrashuv formatida” maslahatlashuvlar oʻtkazilishi maʻʻlum qilindi.
Diplomatik
manbalardan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki
ishlar vaziri Ali Erlikaya va Milliy razvedka tashkiloti (MİT) rahbari Ibrahim Qalinning
Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida ilk bor "uch tomonlama uchrashuv formatida"
maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Muzokaralar
chogʻida ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy aloqalar, shuningdek, xavfsizlik
sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi, deb xabar beradi TRT Haber.
Tashrif
doirasida vazir Fidan oʻzbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashishni
rejalashtirgan.
Uchrashuvda
Turkiya-Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining iyunʻ oyida
Turkiyada boʻlib oʻtgan uchinchi yigʻilishida qabul qilingan qarorlar ham muhokama
qilinadi.
Shuningdek,
tashrif doirasida iqtisodiyot, mudofaa sanoati, energetika, transport, madaniyat,
taʻʻlim, noqonuniy migratsiya, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik kabi
sohalardagi aloqalarni ham muhokama qilish kutilmoqda.