07.11.2024 07:48

Turkiy davlatlar tashkilotining bayrogʻi yangilandi

Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo mamlakatlar davlat rahbarlari sammitida tuzilmaning yangi bayrogʻi qabul qilindi. Unda Saljuqiylar yulduzi yoki oʻgʻuzlar yulduzi nomi bilan mashhur sakkiz qirrali yulduz eski bayroqdagi oy, yulduz va quyosh tasvirlarini oʻz ichiga olgan.

6 noyabrʻ kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo mamlakatlar davlat rahbarlarining 11-sammitida tuzilmaning yangi bayrogʻi tasdiqlandi.

“Ushbu bayroq TDT missiyasida markaziy oʻrin tutgan turkiy oʻzlik, birlik, umumiy meros va keng qamrovli hamkorlikning asosiy ramzlarini oʻzida mujassam etgan”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Bayroqni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov tasdiqladi.

Sakkiz qirrali yulduz Saljuqiylar va Usmoniylar mamlakatining asosiy ramzlaridan biri boʻlib, tangalar, bezaklar va meʻʻmorchilikda keng qoʻllanilgan. Uning islom dini bilan ham bevosita aloqasi mavjud.

 

Mavzuga aloqador