18.11.2024 10:47

Turkiy davlatlar tashkiloti umumiy madhiya yaratish ustida ish boshladi


Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo davlatlar oʻrtasida mushtarak alifbo loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, mushtarak madhiya va umumiy badiiy lugʻat loyihalari ustida ish boshlandi. Turkiy davlatlar sanʻʻatda qoʻllanadigan soʻzlarni oʻz ichiga olgan badiiy lugʻat yaratish, shuningdek, milliy-maʻʻnaviy qadriyatlarni mustahkamlovchi umumiy madhiya tayyorlash niyatida.
Qayd etilishicha, turk dunyosidagi har bir davlatning oʻziga xosligini aks ettiruvchi milliy madhiyasi mavjud. Ammo umumiy madhiya turkiy xalqlar tarixidan ilhom olib tayyorlanadi hamda soʻz va ohangda ifodalanadigan noyob kompozitsiya boʻladi.
Turkiy xalqlar sanʻʻati universitetlari uyushmasi raisi, Anqara musiqa va tasviriy sanʻʻat universiteti rektori, professor Erhan Oʻzdenning Yeni Şafak nashriga maʻʻlum qilishicha, madhiya qisqa muddatlarda yaratiladi. Madhiya yaratish uchun bastakor tanlash komissiyaning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi. 
"Madhiya matni lugʻat ishiga asoslanadi hamda barcha uchun tushunarli va maʻʻnoli, sanʻʻatning barcha sohalarini qamrab oluvchi soʻzlarni oʻz ichiga oladi", dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, madhiyadan tashqari, Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlariga oʻxshash sanʻʻat yoʻnalishida qomusiy asar ham tayyorlanadi. 
“Bu sanʻʻatning barcha sohalarida umumiy adabiy til yaratish maqsadida yaratiladigan lugʻatdir. Turkiy Davlatlar sanʻʻat universitetlari uyushmasi tomonidan tuzilgan komissiyaning ishlari uzoq muddatli boʻladi”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Professor doktor Oʻzdenning aytishicha, lugʻat ustida ishlash bir necha yil davom etadi.