07.12.2024 08:49
1180
Toshkent islom institutiga rektor tayinlandi
Xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlagan Uygʻun Gʻafurov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga rahbar boʻldi. Institutning sobiq rektori esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari boʻldi.
tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
6 dekabrʻ kuni institut pedagoglar jamoasining kengaytirilgan yigʻilishida bu haqdja eʻʻlon qilindi.
Uygʻun Gʻafurov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlab kelayotgandi. Avvalroq, akademiyaga prezidentning sobiq maslahatchisi Muzaffar Komilov rektor etib tayinlangandi.
Ushbu institut rektori vazifasida ishlagan professor Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq oʻgʻli esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

