Tolibon hukumati etnik oʻzbek Abdul Gʻaffor Tiraviyni Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi. Tiraviy bunga qadar Afgʻoniston Oliy sudining tadqiqot boʻlimi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Tolibon hukumati Abdul Gʻaffor Tiraviyni Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi, deya xabar berdi Tolo News. Qayd etilishicha, tomonlar bu borada kelishuvga erishgan va Tiraviyning tez orada Toshkentda ish boshlashi kutilmoqda.

Etnik oʻzbek Abdul Gʻaffor Tiraviy avval Afgʻoniston Oliy sudida tadqiqot boʻyicha direktor lavozimida ishlagan. Sobiq elchi Mugʻfurulloh Shahob «Tolibon» rahbari Haybatulloh Oxundzoda amaldorlarning yaqinlarini davlat lavozimlariga tayinlashni taqiqlaganidan soʻng isteʻʻfoga chiqdi.

2024 yil avgust oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda yangi afgʻon diplomati faoliyatini boshlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganini bildirgandi.

Avvalroq Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Afgʻonistonga tashrifi chogʻida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarga teng boʻlgan 35 ta hujjat imzolangan.

Mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini joriy yilda 1 milliard dollarga, kelgusida esa 3 milliard dollarga etkazish maqsadi koʻzlangan oʻzaro savdo masalalari ham muhokama qilindi.

Abdulla Aripov, shuningdek, Oʻzbekiston Afgʻonistonni qiymati 4,8 milliard dollarlik Transafgʻon temir yoʻli qurilishida qoʻllab-quvvatlashiga ishontirdi. Oʻz navbatida, Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari Mavlaviy Abdul Kabir Afgʻoniston barqarorligi va rivojlanishi uchun muhim boʻlgan TAPI (Turkmanistondan Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonga qurilayotgan 1735 km magistralʻ gaz quvuri) va CASA-1000 kabi mintaqaviy loyihalarda Oʻzbekiston ishtirokining muhimligini taʻʻkidladi.

Kabir shuningdek, Afgʻoniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʻʻzo boʻlish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani va mintaqa xavfsizligini taʻʻminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini tilga oldi.

Mavzuga aloqador