09.06.2025 06:19
154

"Tillakori" madrasasi restavratsiya qilinadi



Samarqand shahrining Registon maydonida joylashgan "Tillakori" madrasasi restavratsiya qilinadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining yigʻilishida maъlum qilinishicha, Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan "Tillakori" madrasasini restavratsiya va tiklashga yodgorlikning bezaklariga ziyon etkazmaslik sharti bilan ruxsat berilgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan “Soʻfi Olloyor” masjidida taъmirlash-tiklash, Shahrisabz shahar tarixiy markazida joylashgan “Qalъa devori”, Surxondaryo viloyatidagi “Tuz gʻori” madaniy meros obъektini mukammal taъmirlash, Qashqadaryo viloyatidagi “Soqi Mavlon ota” maqbarasini tarixiy va tabiiy landshaft koʻrinishini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantirish, “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruktsiya-restavratsiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish kabi takliflar maъqullangan.
Yigʻilish davomida Namangan viloyatidagi “Gʻurumsaroy” (“Xolmatboy”) masjidi hududida yangi masjid barpo etish, Andijon viloyatidagi “Hotamxon toʻra” masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qoʻshimcha bino qurish kabi loyihalar rad etilgan.

Mavzuga aloqador