24.12.2024 12:11
759

Tatariston: Fermadagi yongʻinda 6 kishi halok boʻldi, ularning 5 nafari oʻzbekistonlik



Tataristonning Elabuga tumanida chorvachilik fermasida ishchilar yashovchi binoda yongʻin sodir boʻldi. Hodisa 6 kishi, jumladan, 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Yongʻinga elektr isitish jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.

Tataristondagi chorvachilik fermasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida olti kishi halok boʻldi. Ulardan besh nafari Oʻzbekiston fuqarolari ekani maʻʻlum boʻldi.

"Baza" Telegram kanalining xabar berishicha, Tatariston Respublikasining Elabuga viloyatida joylashgan fermada yongʻin ertalab soat uchlarda boshlangan. Chorvachilik fermasi ishchilari yashagan bino yonib ketgan. Yongʻin sodir boʻlgan vaqtda uyda 39 kishi boʻlgan, ulardan 33 nafarini evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻlingan.

Yongʻin bir soatdan keyin oʻchirilgan. Voqea joyida qutqaruvchilar olti kishining jasadini topgan. Halok boʻlganlarning besh nafari Oʻzbekiston fuqarolari. Hozirda ularning shaxsi Oʻzbekistonning Qozondagi konsulligi xodimlari tomonidan aniqlanmoqda. Shundan soʻng ularning qarindoshlari bilan bogʻlanilib, jasadlarni uylariga joʻnatish ishlari boshlanadi.

Yongʻinning dastlabki sababi elektr jihozlarini ishlatish qoidalarining buzilishidir. Fojianing barcha holatlariga oydinlik kiritish ishlari davom etmoqda.