21.06.2025 11:30
66
Tanzila Norboeva kursisini uzoq vaqt boʻshatmayotganlarni tanqid qildi
Tanzila Norboeva kursisini uzoq vaqt boʻshatmayotganlarni tanqid qildi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva rahbarlik lavozimini uzoq muddat hech kimga bermay kelayotgan shaxslarni tanqid qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 iyunь kuni Korruptsiyaga qarshi kurash milliy kengashining yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda quyidagi maъlumotlar aytilgan.
Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha taъlim muassasalarida 55 nafar xodim 5 yildan ortiq, 23 nafar xodim 10 yildan ortiq, 11 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, maktablar va maktabdan tashqari taъlim muassasalarida 67 nafar xodim 5 yildan ortiq, 64 nafar xodim 10 yildan ortiq, 29 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat yurityapti.
Shubhasiz, bu kabi holatlar mamlakat taraqqiyoti va rivojlanishiga salbiy taъsir qiladi.