07.01.2025 07:15
472

Surxondaryoda oʻquvchilar sovuqda yupun holda tadbirga jalb qilindi

Surxondaryoda oʻquvchilar sovuqda yupun holda tadbirga jalb qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Kadrlarda sovuq havoda engil bayramona kiyimda turgan oʻquvchilarning koʻprik ochilish marosimiga jalb qilingani aks etgan. Bu holat yuzasidan Bolalar huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) munosabat bildirdi.

Tekshiruvlar davomida maʻʻlum boʻlishicha, 2024 yilning 6 dekabrida Denov tumanida yangi koʻprik foydalanishga topshirilgan. Ochilish marosimida tumanning 14 va 16-sonli musiqa maktablaridan 20 nafar oʻquvchi, jumladan, 16 qiz va 4 oʻgʻil bola ishtirok etgan. Ular tuman Madaniyat boshqarmasi topshirigʻiga koʻra engil libosda keltirilgan.

Bolalar ombudsmani Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritib, masʻʻullarga nisbatan intizomiy choralar koʻrishni talab qildi. Vazirlik bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun qatʻʻiy koʻrsatmalar bergan. Bolalarning sogʻligiga xavf tugʻdirish, ularni asoslanmagan holda har qanday tadbirlarga jalb qilish qatʻʻiyan taqiqlanadi.

Sovuq ob-havoda bolalarni nomunosib sharoitlarda tadbirlarga jalb qilish avval ham koʻp kuzatilgan. Xususan, 2022 yilning fevralida Toshkent viloyati Qibray tumanida oʻquvchi qizlar mehmonlarni kutib olish uchun sovuqda yupun holda turishga majburlangani haqida xabar berilgan edi.