08.05.2025 12:14
50

Soʻrov: Oʻzbekistonda dindor musulmonlar nima xohlamoqda?

Zamonaviy Oʻzbekistonda din: anъana va yangilanish oʻrtasida

2025 yil 2–4 may kunlari «Strategic Focus: Central Asia» Telegram-kanalida «Oʻzbekistonlik dindorlar nima istaydi?» mavzusida  soʻrovnomada 700 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Natijalardan koʻrinib turibdiki, din jamiyat ongida hali ham muhim oʻrin tutadi, biroq uni zamonaviy mazmunda anglash va ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda.

1. Dindorlikning modernizatsiyasi

Soʻrov qatnashchilarining aksar qismi (58%) oʻzini «oʻrtacha darajada», 15% esa «yuqori darajada» dindor deb hisoblaydi. Bu shundan dalolat beradiki, din keng tarqalgan boʻlsa-da, u koʻproq shaxsiy masala sifatida qabul qilinmoqda. Fanatizm qayd etilmagan. Eъtiborlisi, faqat 10% ishtirokchi diniy bilimni ulamolar yoki diniy muassasalardan olishini aytgan. 41% internetdan, 34% esa kitoblar orqali bilim olmoqda. Bu esa anъanaviy din peshvolarining taъsiri soʻnmoqda, rakamlashgan taъlim va mustaqil oʻrganish esa oʻsishda ekanini koʻrsatadi.

2. Cheklangan erkinlik va ehtiyotkor ishonch

Faqat 22% ishtirokchi mamlakatda diniy erkinlik etarli deb hisoblaydi. 43% — qisman, 35% esa umuman etarsiz deb biladi. Rasmiy diniy muassasalarga nisbatan ishonch ham baland emas: 30% toʻliq, 50% esa qisman ishonadi.

3. Din va jamiyat: oshib borayotgan talablar

Jamoatchilikning katta qismi diniy etakchilarning ijtimoiy (64%) va siyosiy (52%) hayotda faolroq boʻlishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Respondentlarning 54% maktablarda majburiy tarzda diniy bilim oʻqitilishini, 57% esa taъlim muassasalarida diniy kiyim (masalan, hijob)ga ruxsat berilishini maъqullaydi. Bu esa anъanaviy qadriyatlarni zamonaviy institutlar bilan uygʻunlashtirish intilishini namoyon etadi.

4. Bugungi dindorlar uchun asosiy masalalar

Din va oila (56%) hamda fan va taъlimda dindorlarning roli (56%) asosiy muammolar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, yoshlar tarbiyasi va maъnaviyat masalasi (46%) ham muhim yoʻnalish sifatida ajralgan. Faqat 12% respondent «diniy iqtisodiyot»ni dolzarb deb bilgan — bu esa eъtibor koʻproq maъnaviy va madaniy qadriyatlar tomon yoʻnaltirilganini anglatadi.

5. Anъanaviylikka ijtimoiy talab

Hanafiylik va moturidiylik kabi anъanaviy mazhab va taъlimotlarni qoʻllab-quvvatlash darajasi 53%ni tashkil etgan. Biroq 26% fuqaro muqobil yoʻnalishlardan tanlash erkinligini xohlaydi. Shu bilan birga, respondentlarning 80% mamlakatda diniy taъlim muassasalari etarli emas deb hisoblaydi. Bu esa maъnaviy tarbiya sohasida strategik choralar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.

Xulosa

Oʻzbekistonda din hayoti tobora shaxsiy, ongli va maъrifiy tus olmoqda. Jamiyatda anъanaviylikka hurmat saqlanar ekan, uni zamon talablari bilan uygʻunlashtirish istagi ham ortmoqda. Oʻzbekiston fuqarolari dinni faqat ruhiy tayanch emas, balki ongli, ilmli va ijtimoiy masъuliyatli kuch sifatida koʻrishni istamoqda.

Izoh: ushbu soʻrov natijalari «Strategic Focus: Central Asia» kanali obunachilarining nuqtai nazarini aks ettiradi, butun aholi fikri sifatida qabul qilib boʻlmaydi.

Hamidulloh Beruniy