18.07.2025 13:02
142
Sibirni “oʻzbeklarning yurti” degan deputat mandatidan voz kechdi
Sibir oʻzbeklarning tarixiy vatani ekanini aytgan Xanti Mansi avtonom okrugi dumasi deputati Xolid Tagizade mandatidan voz kechdi.
Gap shundaki, 29 may kuni Tagizade mintaqaviy parlament yigʻilishida oʻzbekistonlik migrantlar “oʻzlarining tarixiy vataniga” Yugraga kelayotganini bildirgan. U bir paytlar Yugra va Tyumen viloyatining bir qismi Sibir xonligi tarkibiga kirganini qoʻshimcha qilgan.
“Kommersantъ”ning xabar berishicha, deputatning qarori jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab boʻlgan. Avvaliga u ekstremizmda gumon qilinib tergovga tortilgan, soʻngra esa maoshidan ayrilgandi. Biroq prokuratura ham, Ichki ishlar vazirligi ham uning soʻzlarida jinoyat alomatlarini aniqlamagan.