11.03.2025 15:30
185
Samarqandda uchta tarixiy masjid buzib tashlangani aniqlandi
Samarqand viloyatida 3 ta tarixiy masjidning buzib tashlangani aniqlandi. Yana bir meъmoriy yodgorlik esa ruxsatsiz taъmirlanishi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd soʻmlik zarar etkazilgan.
Bosh prokuratura
Madaniy meros agentligi bilan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX — XX asrlarga oid tarixiy binolarga jami 46,8 mlrd soʻmlik zarar etkazilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi «Kushoq ota» masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd soʻm, Urgutdagi «Ahmad Yassaviy» va «Hoji Oʻrinboy» masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd soʻmlik zarar etkazilgan.
Samarqand tumanidagi «Kulba» arxitektura yodgorligi esa ruxsatsiz taъmirlangani oqibatida 10,2 mlrd soʻmlik zarar etkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.