18.12.2024 09:39
612

Rossiyalik generalni oʻldirganlikda gumonlanib Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillovni oʻldirganlikda gumonlanib 29 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi, deb xabar qildi TASS FSBga tayanib.

Generalga qarshi teraktni uyushtirgan shaxs Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangan, deb xabar qildi FSB.

Kimyoviy mudofaa qoʻshinlari boshligʻiga qarshi sodir etilgan terakt uchun jinoyatchiga 100 ming dollar va Evropa Ittifoqida yashash uchun sayohat vaʻʻda qilingan.

Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, gumonlanuvchi tergovga olib kelingan.