26.02.2025 17:04
208

Rossiya-Amerika muzokaralarining yangi bosqichi Turkiyada boʻlib oʻtadi

Rossiya va AQSh oʻrtasidagi muzokaralarning yangi raundi Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi, deb yozadi “RIA Novosti” Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonotiga tayanib.

Taъkidlanishicha, uchrashuv 27 fevralь, payshanba kuni yuqori darajali diplomatlar oʻrtasida tashkil etiladi. Lavrovning qayd etishicha, muhokama qilinadigan asosiy masala har ikki davlatdagi elchixonalar faoliyatini normal rejimda tiklash boʻladi.

“Uning (yigʻilish – tahr.) natijalariga koʻra, qanchalik tez va samarali harakat qilishimiz aniq boʻladi”, — deya vazirning soʻzlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Amerikaning avvalgi maъmuriyati Rossiyaning AQShdagi elchixonasi faoliyatiga sunъiy toʻsiqlar yaratilgan va Moskva bu harakatlarga xuddi shunday javob bergan.

RF va AQSh vakillarining Ar-Riyodda oʻtgan avvalgi uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarning jihatlari, shuningdek, dunyodagi yangi kuchlar muvozanati muhokama qilindi.