29.03.2025 10:29

Ramazon hayiti munosabati bilan 488 mahbus afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ramazon hayiti munosabati bilan qilgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 488 nafar mahbusni afv etish toʻgʻrisida farmon imzoladi, deb yozadi Gazeta.uz.


Ularning 100 nafari jazodan toʻliq ozod etildi, 268 nafari esa shartli ravishda muddatidan avval ozod qilindi. Shuningdek, 34 mahbusning jazosi engilrogʻiga almashtirildi, 86 nafari esa qisqartirilgan jazoga ega boʻldi.


Afv etilganlar orasida 17 nafar chet ellik fuqaro, 37 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak, 167 nafar yoshlar (jumladan, 1 nafar voyaga etmagan) va 5 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar bor.


Afv qilinganlarni oila va jamiyatga moslashishiga koʻmaklashish maqsadida tegishli davlat idoralariga zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga aloqador