Ostona shahrida (Qozogʻiston) V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari yakunlandi. Navbatdagi oʻyinlarga mezbonlik qilish estafetasi Qirgʻizistonga topshirildi, deb xabar qilmoqda Qirgʻiziston Madaniyat vazirligi.

8-13 sentyabrʻ kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda 89 davlatdan 2500 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular kurash, alish, arqon tortish, kamondan oʻq otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi 21 sport turi boʻyicha oʻzaro kurashdilar.

Oʻyinlar medallar jamgʻarmasida Oʻzbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medal bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Birinchi oʻrin esa 114 ta medalʻ: 43 ta oltin, 34 ta kumush va 37 ta bronza bilan Qozogʻiston terma jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni 19 oltin, 21 kumush va 25 bronza (64) bilan Qirgʻiziston terma jamoasi, uchinchi oʻrinni 12 ta oltin, 10 ta kumush va 25 ta bronza (47) medalʻ bilan Rossiya egalladi. Kuchli beshlikdan Turkiya (6) ham joy oldi.

Oʻyinlarning «Ostona arena»da boʻlib oʻtgan ochilish marosimida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston raisi Rustam Minnixanov va boshqa xorijiy mehmonlar qatnashdi.

Mavzuga aloqador