19.11.2024 11:54

Qozogʻistonda qalin puli mahrga tenglashtirildi



Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi kelinning oilasiga beriladigan qalin pulini mahrga tenglashtirish toʻgʻrisida fatvo chiqardi. Shuningdek, kuyov tomonidan beriladigan "ona suti", "ota mehnati" kabi toʻlovlar majburiy emas deb topildi. Mazkur qaror nikohdan oʻtayotgan yoshlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytirish va urf-odatlarni islomiy meʻʻyorlarga moslashtirish maqsadida qabul qilindi.

Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi qalinni mahrga tenglashtiradigan fatvo chiqardi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qayd etilishicha, qozoq urf-odatlarida “qalin mal” (qalin puli) kelinning oilasiga beriladigan mulk hisoblanadi. Mobodo yoshlar ajrashadigan boʻlsa, "qalin mal" qizning mulki boʻlib qoldi. Shu nuqtai nazardan, “qalin mal”ni mahr deb hisoblash mumkin. Mazkur fatvo Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi «Kazinform».
Qozoqlarning anʻʻanaviy “kalin mal”ini islomda mahr deb hisoblash mumkinmi, degan savolga olimlar bir qancha fikrlarni ilgari surgan. Ayrim olimlar, jumladan, Xorazm ulamolari qiz bolaga beriladigan qalin puli mahr boʻlib, darhol berilishi kerak, deb hisoblaydilar.
Shundan kelib chiqib, kelin uchun qalin puli toʻlangan boʻlsa, kuyov mahr berishga majbur boʻlmaydi. Qalin amal qilmaydigan hududlarda esa mahr miqdori nikoh tuzilayotganda belgilanadi. Mazkur qaror nikohdan oʻtayotgan yoshlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytirish va urf-odatlarni islomiy meʻʻyorlarga moslashtirish maqsadida qabul qilindi.
Ulamolarga koʻra, qozoq anʻʻanasidagi qalin mahrning barcha xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Kuyov tomonidan beriladigan “ona suti” (ili «ana sүtі») va “ota mehnati” («әke eңbegі») kabi qoʻshimcha toʻlovlar ham majburiy talablar qatoridan chiqariladi. Bu toʻlovlar mahr hisoblanmaydi va ixtiyoriy berilishi mumkin.