26.02.2025 10:54
508

Qozogʻiston sud-tibbiyot ekspertizasida tanani yorishdan voz kechmoqchi

Qozogʻiston hukumati sud-tibbiy ekspertiza davomida tanani yorib koʻrishdan voz kechish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”. 

Qozogʻiston adliya vaziri Erlan Sarsembaevning maъlum qilishicha, Qozogʻiston xalqining “milliy va diniy anъanalariga” zid boʻlgan jasadlarni oʻrganish oʻrniga sud-tibbiyot faoliyatiga “virtual autopsiya”ni joriy etish rejalashtirilmoqda.  

Mazkur uslub yordamida odamlarning tanasi kompьyuter tomografiyasi yordamida tekshiriladi. Vazirning taъkidlashicha, yangi metodikaga oʻtish imtihonlarni tezlashtirish bilan birga, ularni yanada sifatli oʻtkazish imkonini beradi.