11.12.2024 09:39
528

Qozogʻiston muftiyati yoʻlda namoz oʻqiyotganlarga murojaat qildi



Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi namoz oʻqish vaqtida yoʻllarni toʻsib qoʻyish holatlari bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Muftiyatning bayonotiga koʻra, yoʻl oʻrtasida namoz oʻqish Islom qoidalariga zid boʻlib, boshqa insonlar uchun qiyinchilik tugʻdirish qabul qilinmaydigan holatdir. Muftiyatning ushbu murojaati juma namozi vaqtida Olmaota markaziy masjidida yuzaga kelgan holat sababli eʻʻlon qilindi.

Muftiyat musulmonlardan namoz vaqtida noqulaylikka yoʻl qoʻymaslik uchun kun tartibini oldindan rejalashtirish, masjidlarga oʻz vaqtida etib borish, agar namoz vaqti yoʻlda topilsa, boshqalarga qiyinchilik tugʻdirmaydigan qulay joy tanlashni soʻradi.

Muftiyat taʻʻkidicha, islom taʻʻlimotiga koʻra, jamoatchilik qoidalariga rioya qilish, tartib va qonun ustuvorligini saqlash har bir musulmonning vazifasidir.

Muftiyatning ushbu murojaati juma namozi vaqtida Olmaota markaziy masjidida yuzaga kelgan holat sababli eʻʻlon qilindi. Namozga shoshilayotgan musulmonlar yoʻl boʻyida transport vositalarini tartibsiz tark etib, yoʻl oʻrtasida namoz oʻqishgan. Bu holat yoʻllarda katta tirbandlik va koʻplab noroziliklarga sabab boʻldi.

Islom dini qoidalarida jamoat manfaatlarini himoya qilish muhim oʻrin tutadi. Yoʻlda namoz oʻqish nafaqat boshqalarga noqulaylik tugʻdiradi, balki yoʻl harakati qoidalariga zid ravishda xavfli vaziyatlar yaratishi mumkin. Muftiyat ushbu holatlarni oldini olish uchun musulmonlarni masʻʻuliyatli boʻlishga chaqiradi.