20.12.2024 11:51

Qozogʻiston “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom”ni terror tashkilotlari roʻyxatiga kiritmagan



Qozogʻiston Suriyada sobiq hukumat kuchlariga qarshi kurashgan “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilik tashkilotlari roʻyxatiga kiritmaganini qayd etdi. Bu haqda Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alibek Baqoev BES.media nashriga bergan intervʻyusida maʻʻlum qildi.

Baqoevning aytishicha, Qozogʻistonda qabul qilinadigan bunday qarorlar milliy tahlillar va BMT doirasidagi qarorlarga asoslanadi.

"Biz Suriyadagi vaziyatni va umuman Yaqin Sharqdagi holatni oʻrganish bosqichidamiz", degan u.

Baqoev Qozogʻiston fuqarolarining “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” harakati tarkibiga qoʻshilgani haqida maʻʻlumot yoʻqligini qayd etdi. Shu bilan birga, Suriyadagi tashkilotlar bilan bogʻliq masalalarda ehtiyotkorlik bilan yondashish muhim ekanini taʻʻkidladi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, 2023 yil oxirida  Qozogʻiston Afgʻonistonning “Tolibon” harakatini ham milliy terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqargan.

“Biz, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarorlariga eʻʻtibor qaratamiz. Chunki, “Tolibon”ni terrorchilar roʻyxatidan chiqarish haqidagi qaror BMT hujjatlariga muvofiq qabul qilingan”, degan u.

Qozogʻistonning “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” va “Tolibon” harakatlariga boʻlgan munosabati uning tashqi siyosatidagi muvozanatli yondashuvini koʻrsatadi. Bu qarorlar mintaqadagi xavfsizlikni taʻʻminlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ichki barqarorlikni saqlashga qaratilgan. Ammo Suriyadagi va Yaqin Sharqdagi vaziyat tahlili hanuzgacha davom etmoqda va kelgusida yangi siyosiy qadamlar qoʻyilishi kutilmoqda.