18.01.2025 06:30
Qozogʻiston Dumasi kvadrobing boʻyicha qaror qabul qildi
Qozogʻiston Dumasi kvadrobing bilan bogʻliq muhokamalar natijasida qaror qabul qildi. Mazkur harakatni ayrimlar shunchaki hobbi yoki sport turi deb baholagan boʻlsa-da, mamlakat musulmonlar diniy idorasi kvadrobingni islom normalariga zid deb topdi.
Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi (QMDB) va ilohiyotchilar taʻʻkidlaganidek, toʻrt oyoqlab harakatlanish insonning qadr-qimmatini kamsitadi va uni hayvonlar darajasiga tushiradi. Ular bu fikrlarini Qurʻʻonning “Anjir daraxti” surasidan keltirilgan oyat bilan asosladilar:
“Biz odamzotni eng goʻzal qiyofada yaratdik”
Ilohiyotchilarning xulosasiga koʻra, hayvonlarning xulq-atvorini qasddan taqlid qilish, masalan, itdek hurish yoki eshakdek baqirish kabi harakatlar Allohning yaratgan tabiiy qiyofasini oʻzgartirish sanaladi.
Shu bilan birga, Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi inson xislatlarini hayvonlarga oʻxshatib berish sanʻʻat yoki adabiyot janrida qoʻllanilishiga qarshi emasligini maʻʻlum qildi. Masalan, sherdek mardlik yoki tulkidek ayyorlik kabi qiyoslashlar joiz deb topildi. Shuningdek, hayvonlarning kiyimida sahna koʻrinishlarini namoyish etish taqiqlangan amallardan emas.
Bundan avval Rossiyada ham kvadrobingga qarshi chiqishlar boʻlgan. Bir qator siyosatchilar va diniy arboblar ushbu harakatni insoniy qadr-qimmatga xilof deb atagan edilar.