Qirgʻiziston prezidenti maʻʻmuriyati xorijliklarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur taklif 17 maydan 18 mayga oʻtar kechasi xorijlik fuqarolar – pokistonlik talabalarga qarshi namoyishlar jiddiy toʻqnashuvlarga aylangani ortidan ilgari surildi.

Qirgʻiziston prezidenti maʻʻmuriyati xorijliklarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu taklif 17 maydan 18 mayga oʻtar kechasi Bishkekda roʻy bergan voqealardan soʻng, xorijlik fuqarolarga qarshi namoyish jiddiy toʻqnashuvga aylanganidan keyin paydo boʻldi. Oʻshanda 29 nafar xorijlik – pokistonlik talabalar tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgandi. Maʻʻmuriyatning qayd etishicha, uchinchi shaxslar bu voqeadan foydalanib, mehmondoʻstligi bilan mashhur mamlakat obroʻsiga putur etkazgan.

Tushuntirish xatida Bishkekdagi ushbu voqealardan kelib chiqib, chet el fuqarolarining sogʻligʻi va mulkiga zarar etkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurligi taʻʻkidlangan.

Qonun loyihasida Jinoyat kodeksining olti moddasiga xorijliklarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha alohida qoidalarni qoʻshib, oʻzgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Belgilanayotgan jazo choralari:

1. Badanga ogʻir shikast etkazish - 6 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

2. Sogʻlikka unchalik ogʻir boʻlmagan zarar etkazish (shu jumladan uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar) - 5 yildan 8 yilgacha qamoq.

3. Oʻgʻirlik - mol-mulki musodara qilinib, 7 yildan 10 yilgacha qamoq.

4. Bir guruh shaxslar yoki uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan mol-mulkni talon-toroj qilish - musodara qilinib, 5 yildan 8 yilgacha.

5. Talonchilik - musodara bilan sakkiz yildan 12 yilgacha qamoq.

6. Uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan talonchilik - musodara bilan 11 yildan 15 yilgacha qamoq.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining maqsadi xorij fuqarolari himoyasini kuchaytirish va kelajakda shu kabi hodisalarning oldini olishdan iborat.

Mavzuga aloqador