12.12.2024 10:45
725
Qirgʻizistonda Islomga daʻʻvat qilishni qonuniylashtirish taklif etildi
Qirgʻizistonlik deputat Jaloliddin Nurboev uyma-uy yurib odamlarni Islomga daʻʻvat qilishga qonunan ruxsat berilishini soʻradi.
U bu haqda parlamentdagi “Diniy eʻʻtiqod erkinligi va diniy birlashmalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi paytida soʻz ochdi.
“Daʻʻvatchi uyga ham kirmaydi. U shunchaki eshikni taqillatadi, sizni masjidga taklif qiladi va faqat yaxshilikka chaqira. Buning hech qanday yomon tomoni yoʻq. Buni taqiqlasak, 10-15 yildan keyin farzandlarimiz qay holatga tushishini koʻz oldizga keltiryapsizmi?” deydi Jaloliddin Nurboev.
Xalq deputati, shuningdek, islomga daʻʻvat korruptsiyaga qarshi kurashda ham yordam berishi mumkinligini qoʻshimcha qilgan.
"Koʻrib turibmiz – qamoqqa olish va qoʻrqitish bilan poraxoʻrlikka chek qoʻyib boʻlmayapti", degan u.
Soʻnggi paytlarda qirgʻizistonlik siyosatchilar tomonidan musulmonlar va ularning eʻʻtiqod erkinligini taʻʻminlashga doir faolliklari tahsinga sazovor. Avvalroq ham Qirgʻizistonda davlat xavfsizlik xizmati binosida namozxona ochilgan edi.