17.04.2025 09:28
46

Qirgʻiziston Rossiya nefti oʻrniga Ozarbayjon neftini koʻrib chiqmoqda

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev hukumat energiya resurslari, jumladan neft va gazni Rossiyadan emas Ozarbayjon va Erondan xarid qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini maъlum qildi.


Biroq vazirning taъkidlashicha, hozirda Qirgʻiziston Rossiya neft mahsulotlarini imtiyozli tariflar asosida import qilmoqda, bu esa ularning narxini nisbatan arzonroq saqlab turibdi.


Kulubaevning soʻzlariga koʻra, energiya taъminotini toʻliq diversifikatsiya qilish imkoniyati faqatgina Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temiryoʻl magistrali qurilishi yakunlangandan soʻng amalga oshishi mumkin. 


Mazkur temiryoʻl loyihasining qurilish ishlari oʻtgan yil oxirida boshlangan edi.

Mavzuga aloqador