Qirgʻiziston Rossiya elchisidan tahqirlangan fuqarolari yuzasidan izoh talab qildi
Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Vakunovni chaqirtirib, Moskvadagi «Bodrost» hammomida qirgʻiz fuqarolariga nisbatan oʻtkazilgan reyd yuzasidan rasmiy izoh soʻradi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
TIVga koʻra, elchiga amaliyotning huquqiy asoslari va fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish sabablari yuzasidan tushuntirish berish talab qilingan.
Shuningdek, asossiz kuch ishlatish holatlari tasdiqlansa, masъul xodimlarga chora koʻrish soʻralgan.
Qirgʻiz tomoni bunday holatlar Qirgʻiziston va Rossiya oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlikka salbiy taъsir koʻrsatmasligi uchun choralar koʻrish zarurligini taъkidladi, deyiladi xabar matnida.
Eslatib oʻtamiz, 11 aprelь kuni Moskvadagi “Bodrost” hammom majmuasida, qirgʻizistonlik tadbirkorga tegishli boʻlgan binoda, kuch ishlatuvchi idoralar tomonidan reyd oʻtkazilgan.
Olingan videolarga koʻra, hududga OMON xodimlari hamrohligidagi shaxslar bostirib kirgan va qattiq kuch ishlatib, oʻnlab Qirgʻiziston fuqarolarini qoʻlga olgan.