24.12.2024 08:11
581

Prezident Mirziyoev Sankt-Peterburgdagi MDH va EOII sammitlarida ishtirok etadi

Prezident Mirziyoev Sankt-Peterburgdagi MDH va EOII sammitlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 25-26 dekabrʻ kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) va Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sammitlarida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston rahbari MDHga aʻʻzo mamlakatlar davlat etakchilarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Sammitlar kun tartibidan koʻp tomonlama birlashmalar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Birgalikda bajarilgan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi.